Ronaldu sobiq jamoasiga qarshi guvohlik berishga qaror qildi

Ronaldu sobiq jamoasiga qarshi guvohlik berishga qaror qildi

Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus” ishi bo‘yicha guvohlik berishga tayyor. Futbolchi Turin prokuraturasi bilan gaplashmoqchi. Bu haqda Italiyaning La Gazette Dello Sport nashri xabar bermoqda.

"Yuventus"ga qarshi tergov koronavirus pandemiyasi davrida Ronaldu va "keksa senyora"ning bir qator boshqa o‘yinchilari maoshlarining bir qismidan voz kechganlarida, o‘yinchilar aslida pulni to‘liq holda olish imkonini beruvchi shaxsiy shartnomalar imzolagani ma’lum bo‘lganidan keyin boshlandi.

Ushbu hujjatlardan biriga ko‘ra, “Yuventus” Ronaldudan 19,5 million yevroga yaqin qarzdor. Portugaliyalikning o‘zi avvalroq bu ish bo‘yicha guvohlik berishdan bosh tortgan edi.

Ronalduning prokuratura vakillari bilan qayerda va qachon uchrashishi hozircha nomalum, biroq u Italiya, Madrid yoki Lissabonda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!