Ronaldu Instagram'da konkurs boshladi (foto)

Ronaldu Instagram'da konkurs boshladi (foto)

Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarida konkurs boshladi. 38 yoshli portugaliyalik UFC jangchisi Konor Makgregor bilan qo‘shma suratni chop etdi va obunachilarni ushbu suratga sarlavha qo‘yishni taklif qildi.

Portugaliyalik futbolchining postida "Eng yaxshi suratga izoh g‘oyasi g‘alaba qozonadi".

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Makgregor o‘tgan dam olish kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida ishtirok etishdi.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi 17 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ronaldu Instagram'da konkurs boshladi (foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!