Ronaldu "An-Nasr" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Ronaldu "An-Nasr" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb xabar beradi Marca.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi 37 yoshli portugaliyalik futbolchiga 2,5 yillik shartnoma va 500 million yevro taklif qilmoqda. Yillik maosh bir vaqtning o‘zida 200 million yevroni tashkil qiladi - unga maoshning o‘zi va reklama daromadlari kiradi.

Hozirda forvard erkin agent maqomida.

22 noyabr kuni “Manchester Yunayted” portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi.

Hujumchi joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlar doirasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 20 million yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!