Respekt! Putin jabrlangan o‘smirdan uzr so‘radi (foto)

Respekt! Putin jabrlangan o‘smirdan uzr so‘radi (foto)

Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy 1 yanvar kuni Magnitogorsdagi ko‘p qavatli uyning podezdi qulab tushishi oqibatida jabrlangan 13 yoshli o‘smir Sergey Gavrilovga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yangi yil sovg‘asini yetkazdi. Bu haqda Pyatiy kanal xabar berdi.

31 dekabr kuni erta tongda yuz yergan hodisa joyiga davlat rahbari yetib keldi hamda shahar hukumati, FVV hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan majlis o‘tkazdi. Shundan so‘ng hodisa oqibatida jabrlanganlarni holidan xabar olish uchun shahar kasalxonalariga tashrif buyurdi.

Shunda prezident jabrlangan boladan uzr so‘rab, shoshganidan sovg‘a olmagani uchun uzr so‘radi va tez orada sovg‘a yetkazishini va’da qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!