«Real» taqvimdan norozi

«Real» taqvimdan norozi

«Real» klubi terma jamoalar uchun ajratilgan taqvimda norozi bo‘lmoqda.

Terma jamoa o‘yinlaridan keyin Vinisius Junior, Rodrigo (ikkisi – Braziliya), Federiko Valverde (Urugvay) va Antonio Ryudiger (Germaniya) "Madrid" mashg‘ulotlariga faqat juma kuni qo‘shilishi mumkin. Shanba kuni esa "Real" safarda "Sevilya"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi.

O‘yinchilar boshqa qit’ada o‘ynab, "Qirollik klubi" safiga kech qaytishi ilk marta ro‘y berayotgani yo‘q. Boz ustiga, o‘yinchilar rasmiy emas, o‘rtoqlik uchrashuvlari tufayli boshqa qit’aga borib qaytishi "Real"ga yoqmayapti (masalan, Germaniya Mesika bilan AQShda o‘ynadi).

Sentyabr, oktyabr va noyabr oyidagi FIFA kunlari tufayli futbolchilarning taqvimi juda ham zich bo‘lib ketmoqda.

«Real» terma jamoalari uchrashuvlar muhimligini tushunadi, ammo terma jamoalar o‘yinlar klub taqvimiga moslashtirilishi kerak, aksincha emas, deya hisoblaydi klub.

Avvalroq bu borada Anchelotti, Pep Gvardiola («Man Siti»), Xavi («Barselona») kabi murabbiylar ham o‘z noroziliklarini bildirib o‘tgandi. Boisi, futbolchilar FIFA kunlaridan charchoq holatida qaytishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!