«Real» Guler masalasida hali bir qarorga kelmagan

«Real» Guler masalasida hali bir qarorga kelmagan

Arda Gulerning «Real»dagi kelajagi borasida hali biror to‘xtamga kelinmadi.

Avvalroq, 19 yoshli futbolchining ijara asosida boshqa klubga o‘tishni istayotgani va bunga Anchelotti rozi bo‘lgani haqida xabar tarqalgan edi.

Marca'ning qayd etishicha, bu borada futbolchidan ham uning agentidan ham hech qanday so‘rov bo‘lmagan. Qaror faqat mavsum yakunida qabul qilinadi.

Taxminlarga ko‘ra, turkiyalik futbolchining jismoniy holati uning barqaror o‘ynashiga to‘sqinlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Guler «Real» safida 7 o‘yinda 1 ta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!