"Rahbarim yo o‘z hisobingdan ta’tilga chiq, yoki ishdan bo‘sha, deyapti. Nima qilay?"

"Rahbarim yo o‘z hisobingdan ta’tilga chiq, yoki ishdan bo‘sha, deyapti. Nima qilay?"

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

❓Agar ish beruvchi masofaviy ish rejimiga o‘tkazmasa, nima qilish kerak? Agar biz xohlamasak o‘zimizning mablag‘imizdan ta’tilga chiqishni yoki ishdan bo‘shashni taklif qilishmoqda.

Shu bilan birga, ish beruvchining aytishicha, agar siz uydan turib ishlasangiz u ham bepul bo‘ladi. Karantin qachon tugashi ma’lum emas.  Har bir insonning keksa qarindoshlari, bolalari bor.  

❗️Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 176-son qaroriga ko‘ra, idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralarini ko‘rishi belgilangan.

Bu holatda Nizomda ham aniq belgilab berilgan tashkilotlar asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda va maksimal darajada masofadan shu ikkita terminga ham alohida ahamiyat qaratish zarur.

Har bir korxona va tashkilotning ish xususiyati turlicha bo‘lganligi sababli har bir holat mehnat ta’tili, o‘z hisobidan ta’til yoki masofaviy ishlar ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuv asosida bo‘lishi lozim.

❗️Shuningdek, masofadan ishlasangiz ham bepul bo‘ladi degan masala noto‘g‘ri. “Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomda masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

❗️Qolaversa, mazkur ishlash usuliga o‘tkazilgan xodimlarning mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlab qolinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!