Quyosh paneli o‘rnatganlarga qancha kompensasiya beriladi?

Quyosh paneli o‘rnatganlarga qancha kompensasiya beriladi?

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:

Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o‘rnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo‘lganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming so‘m);

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo‘lganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming so‘m);

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo‘lganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming so‘m);

🔹2 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming so‘m);

🔹5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobar (17 mln so‘m, faqatgina yangi yerlar o‘zlashtirilganda va tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlanganda).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!