Qurilishdagi qoidabuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Qurilishdagi qoidabuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi shaharsozlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini asosiy o‘qishda qabul qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Jinoyat va Jinoyat-prosessual kodekslariga o‘zgartishlar kiritildi. Qaror seysmik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish bilan asoslanadi.

Shunday qilib, turar-joy binosida o‘zboshimchalik bilan qurish, yerto‘la yoki birinchi qavat inshootlarini buzish, ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima solinganidan keyin takroriy huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi.

Jinoyat kodeksining 229.3-moddasining yangi tahririda 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1−3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda (shu jumladan, qurbonlar bo‘lganda) ozodlikdan mahrum qilish muddati 3−5 yilni tashkil qiladi.

Shuningdek, huquqbuzarlik va qonunbuzarlik to‘g‘ri kvalifikasiya qilinishi uchun har bir huquqbuzarlik alohida qism sifatida qayd etilmoqda.

Inspeksiya yoki sudlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyani oldini olish maqsadida ma’muriy jarimalar miqdorini yagona qilib belgilash, ya’ni amaldagi ma’lum bir summadan ma’lum summagacha degan normadan voz kechish nazarda tutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!