Qo‘qoncha firibgarlik: ayol "gashtakdosh"larining pullarini yeb yubordi

Qo‘qoncha firibgarlik: ayol "gashtakdosh"larining pullarini yeb yubordi

Xalqimizda yaxshi bir odat bor. Sinfdoshlar, kursdoshlar, hamkasblar,qarindosh-urug‘ yoki mahalladoshlar o‘rtasida «gashtak» tashkil etilganda har oyda ishtirokchilardan ma’lum miqdorda pul yig‘ilib, navbati kelgan kishiga beriladi.

Qo‘qonlik Maqsuda Nizomova (ism-shariflar o‘zgartirilgan) ham 2019 yil aprel oyi­da 9 nafar ayol o‘rtasida «gashtak» — yig‘in tashkil qi­ladi.

Tashkilotchi bo‘lgani uchun pulni ham o‘zi yig‘a boshlaydi. Am­mo keyinchalik uning asl maqsadi fosh bo‘ladi.

Gap shundaki, M. Nizomova 2019 yil aprel oyidan noyabr oyi­ga qadar guruh a’zolaridan pul yig‘ib, navbati kelgan ish­ti­rokchiga yetkazib bergan.

Biroq 2019 yil dekabr oyida yig‘in ishtirokchilaridan to‘plangan 800 AQSh dollarini guruh a’zosi Shohida Rahimovaga bermay, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Shundan so‘ng u 2020 yil yanvar oyi­da 13 nafar ayoldan iborat bo‘lgan ikkinchi «gashtak» guruhini tuzadi. Pirovardida yanvar-oktyabr oylarida ular bergan 1 000 AQSh dollari pulni o‘z egalariga bermaydi. Shuningdek, M. Nizomova 2020 yil oktyabr oyi­da guruh a’zosi Odina Jo‘rayevaning 100 AQSh dollarini o‘z ehtiyoji uchun sarflaydi. Qo­laversa, O. Jo‘rayevadan ba­ho­si 100 AQSh dollari bo‘l­­gan musiqa eshitish qurilmasini foydalanib turish bahonasida oladi-yu, qaytarishni «unutadi».

Shu tariqa Maqsuda Nizomova 2020 yilning 10 oyi mobaynida guruh a’zosi Shohida Ahmedovadan 750, Alisher Qo‘shoqovdan 800, Mo‘’tabar Mamajonova, Odina Hamidova, Dostonbek Haitov, Dilfuza Boyboboyeva, Nurmuhammad Xo‘jayev va Nargiza Mirzayevaning 6 150 AQSh dollarini o‘z ehtiyojiga sarflab yuboradi.

Bundan tashqari M. Nizo­mo­va Qo‘­qon shahrida joylashgan «TECHNO.UZ»­ savdo do‘konidan fuqaro Mo‘’tabar Mamajonova nomiga 1 680 000 so‘m­lik «Samsung A 10» rusumli uyali telefon apparatini bir yil mobaynida bo‘lib to‘­lash sharti bilan xarid qiladi.

Ammo 2020 yil iyul oyiga qadar telefon uchun to‘­la­nishi kerak bo‘lgan 700 000­ so‘mni to‘lamaydi.

Ustiga-ustak, 2020 yil yanvar oyida Maqsuda Nizomova 10 nafar ayoldan iborat uchinchi «gashtak» guruhini ham tashkil qiladi.

Ayni guruhdagi yig‘di-yig‘­­di­lar hisobidan u takroran Shohida Rahimovani 1 200, Shohida Ahmedovani esa, 1 400 AQSh dollariga chuv tushirgan.

Har ishning oxiri bo‘lganidek, M. Nizomovaning qilmishlari ham oxir-oqibat fosh etildi. Toqati-toq bo‘l­gan jabr­lanuvchilar unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, hu­­quq­ni muhofaza qi­luvchi idoraga murojaat qi­lishdi. Shu asosda un­ga nisbatan jinoyat ishi qo‘z­g‘a­tildi. Mazkur ishni ko‘­rib chiqqan jinoyat ish­lari bo‘yicha Qo‘­qon shahar sudi uni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan aybdor deb topib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi va u sud zalida qamoqqa olindi. Sudlanuvchining 2 nafar voyaga yetmagan farzandi onasi M. Ahmedova homiyligiga topshirildi. Qolaversa, sud hukmida undan jabrlanuvchilar foydasiga 99 565 974 so‘m undirish ham belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!