Qrimda ko‘prikni portlatmoqchi bo‘lgan rossiyalik yigit qo‘lga olindi

Qrimda ko‘prikni portlatmoqchi bo‘lgan rossiyalik yigit qo‘lga olindi

Qrimda 22 yoshli rossiyalik yigit ko‘prikni portlatishga tayyorgarlik ko‘rgani uchun hibsga olingan. Bu haqda 28 iyun, dushanba kuni LifeShot telegam-kanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan yigitning ismi Ivan Karatashov. U anarxizm g‘oyalariga sodiq va kimyoni yaxshi biladi. Yigit Inkerman shahridagi Chernaya daryosi bo‘ylab ko‘prikni portlatmoqchi edi. Hujum sentyabr oyida o‘tkazilgan Davlat Dumasiga saylovlar uchun rejalashtirilgandi. Portlashdan so‘ng Kartashov o‘z joniga qasd qilmoqchi edi.

Ayni damda Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 205 ("Terroristik harakat") va 222 ("Portlovchi moddalarni noqonuniy olish") moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Kartashov Sevastopol psixiatriya kasalxonasida, shifokorlar uning ruhiy sog‘lomligini tekshirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!