Qozog‘istonda kuydirgi kasalligi holati aniqlandi

Qozog‘istonda kuydirgi kasalligi holati aniqlandi

Qozog‘iston poytaxti yaqinidagi Olginka qishlog‘ida odamlarda kuydirgi kasalligining to‘rtta holati laboratoriya tomonidan tasdiqlandi. Bu haqida EurAsiaDaily xabar bermoqda.

Infeksion kasallik sababi shaxsiy qoramolda veterinar ko‘rigisiz mollarni (sigirlarni) majburiy so‘yish bo‘lgan. Qishloqdagi tibbiyot muassasasi dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Tovarlar va xizmatlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish qo‘mitasi raisi Lyudmila Byurabekovaning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat qo‘mitaning doimiy nazoratida. "Kasallikning kelib chiqishini aniqlash va emlash bo‘yicha epidemiya va epidemiyaga qarshi tadbirlar uyushtirildi", dedi Byurabekova 17 avgust kuni Olginkada kuydirgi kasalligiga qarshi karantin e’lon qilindi.

Manba: darakchi.uz 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!