Qozog‘istonda 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirokida fojia yuz berdi

Qozog‘istonda 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirokida fojia yuz berdi

O‘zbekistonning Aktau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 29 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:15 da «Samara—Chimkent» trassasining 896-km.da 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida. Avtomobillarning ikkitasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. YTH oqibatida o‘zbekistonlik M.A. vafot etdi.

Sadafxon Ahmataliyevna Yunusova va Oybek Xotamjon o‘g‘li Mo‘minjonov jarohat olgan va Aqto‘be viloyati Xromtau tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Olingan ma’lumotlarga binoan ularning sog‘liklari holati barqaror.

8 nafar o‘zbekistonlik ayni paytda Xromtau shahridagi «Sherxan» kempingida bo‘lib turibdi. YTH bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda Aqto‘be viloyati Xromtau tumanining tegishli organlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda eslatib o‘tadiki, Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-29-277-71-17.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!