Qozog‘iston poyezdlarida endi ayollar uchun alohida vagonlar bo‘ladi

Qozog‘iston poyezdlarida endi ayollar uchun alohida vagonlar bo‘ladi

«Qozog‘iston temir yo‘li» milliy kompaniyasi 10 oktyabrdan e’tiboran ayollar vagonlari uchun chiptalarni sotishni boshladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Kompaniya “Almati – Mang‘istau” va “Almati-1 – Uskemen” yo‘lovchi poyezdlarida bittadan kupe vagonlarni ayollar uchun ajratdi. Agar poyezd chiptasini ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida «JN« belgisi bo‘lsa, bu butun vagon faqat ayol yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan deganidir. Shuning uchun erkaklar poyezd chiptasi sotib olishda e’tiborliroq bo‘lishi kerak. 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarning ayol hamroh bilan birga ayollar vagonida safar qilishiga ruxsat etiladi.

“Agar ayol yo‘lovchilardan bu xizmatga talab bo‘lsa, kompaniya Qozog‘iston ichidagi yo‘nalishlar doirasini kengaytirishga va o‘z mijozlaridan takliflarni olishga tayyor”, – deyiladi kompaniyada bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!