Qozog‘iston muftiysi prezidentga sovg‘a berdi

A A A
Qozog‘iston muftiysi prezidentga sovg‘a berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev Musulmonlar idorasi rahbari, muftiy Naurizbay Tag‘anulini qabul qildi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Muftiy mamlakat rahbariga Musulmonlar idorasining asosiy faoliyatlari va rejalari, idora amalga oshirayotgan xayriyalar, pandemiya sharoitida Ramazonning o‘tishi haqida so‘zlab, poytaxt Nur-Sultonda Islom akademiyasi qurilishi boshlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qosim-Jo‘mart Toqayev musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi va ulardan global pandemiya paytidagi cheklovlarga tushunish bilan yondashishlarini so‘radi. Prezident epidemiologik vaziyat tez orada yaxshilanishiga va masjidlar to‘liq ochilishiga ishonch bildirdi.

Muftiy Naurizbay Tag‘anuli Qozog‘iston prezidentiga yaqinda nashrdan chiqqan sakkiz jildlik, qozoqcha va ruscha “Tafsirlar saylanma”sini sovg‘a qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!