Qirg‘izistonlik amaldor Aytmatov mukofotini o‘zlashtirib yuborganlikda gumonlanmoqda

Qirg‘izistonlik amaldor Aytmatov mukofotini o‘zlashtirib yuborganlikda gumonlanmoqda

Chingiz Aytmatov nomidagi MDH parlamentlararo mukofotini sarflab yuborishda gumonlanayotgan Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri o‘rinbosari Asqarbek Shodiyevga nisbatan sud jarayoni dushanba kuni Qirg‘izistonda boshlandi, deb xabar qildi RIA Novostiga Bishkek Pervomaysk sudi vakili xabar qildi.

Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ilgariroq mamlakatning sobiq Bosh vazir o‘rinbosari, Jogorku Kenesh (parlament) deputati Askarbek Shodiyevga nisbatan ayblovlarni ilgari surgan edi.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning iyunida, Qirg‘iziston parlamenti xalqaro qo‘mitasiga rahbarlik qilgan Shodiyev, MDH parlamentlararo assambleyasi doirasida Chingiz Aytmatov nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirlash uchun 30 ming dollar ajratilishi zarurligi haqida ta’kidlagan. Pullar byudjetdan ajratilgan, ammo MDH Parlamentlararo assambleyasi tashkiloti kotibiyatiga kelib tushmagan.

Sud jarayoni davomida sudlanuvchining advokati Uchqun Karimov himoyasi ostidagi shaxs jinoiy ish materiallari bilan tanish emasligi, ayblov xulosasi nusxasini olmaganligi, va bu holat uning nazdid sud jarayonidagi qo‘pol xatolik bo‘lishi mumkinligini aytgan va sud jarayonining to‘xtatilishi borasida iltimosnoma kiritgan.

Ammo sudya Emil Kaipov ish tergovdan qochib yurgan sudlanuvchi sirtdan ko‘rilishi mumkinligini qayd etgan holda, advokat iltimosnomasini rad etgan.

Shodiyev ustidan mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan joriy yil iyun oyida qidiruv e’lon qilingan. Tergov versiyasiga ko‘ra, respublikaning eng boy kishilaridan biri bo‘lgan Shodiyev Tojikiston chegarasidagi daryodan kesib o‘tib, shundan so‘ng diplomatik pasport bo‘yicha Dushanbedan Moskvaga va so‘ngra Nyu-Yorkka o‘tib ketgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!