Qirg‘izistonda uyushgan jinoyatchilar vaqtinchalik hibsxonalarga erkin kirgan holda mahbuslardan pul udirishdi

Qirg‘izistonda uyushgan jinoyatchilar vaqtinchalik hibsxonalarga erkin kirgan holda mahbuslardan pul udirishdi

Jalolobodda uyushgan jinoiy guruh a’zolari vaqtinchalik hibsxonalar kameralariga bemalol kirib, mahbuslardan pul undirishgan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, vaqtinchalik hibsxona xodimlari pul evaziga uyushgan jinoiy guruh a’zolariga vaqtincha saqlash hibsxonasi ichida bemalol harakat qilishlari va barcha kameralarga kirishlari uchun ruxsat bergan, ular odamlarni kaltaklab, qo‘rqitish orqali pul undirishgan.

“Uyushgan jinoiy guruh a’zolari mahbuslarni o‘zlariga ko‘rsatilgan elektron hamyon raqamlariga pul o‘tkazish iltimosi bilan qarindoshlari va do‘stlariga qo‘ng‘iroq qilishga majburlagan. Aniqlanishicha, 2023 yilda ushbu sxema bo‘yicha uyushgan jinoiy guruh a’zolari vaqtincha saqlash hibsxonasidagi mahbuslardan 6,5 million qirg‘iz somini olgan, so‘ngra ushbu mablag‘larni “umumiy jamg‘arma”lariga o‘tkazishgan”, – deya xabar bergan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jaloloboddagi vaqtinchalik saqlash izolyatorining sobiq rahbari, O‘sh va Jaloloboddagi tergov izolyatorlarida “ko‘cha kattasi(polojensami)” deb atalgan uyushgan jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!