Qirg‘izistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi

A A A
Qirg‘izistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi

Qirg‘izistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi, deya xabar beradi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Hujjat bolalarni himoya qilish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish doirasida jinsiy daxlsizlik huquqlarini, shuningdek, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan.

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlarning jazosi qamoq muddati va jarimalarni ko‘paytirish orqali oshiriladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha da’vo muddati o‘tganligi, ruhiy kasallik yoki vaqtincha ruhiy kasallikka uchraganligi munosabati bilan, shuningdek, shartli ravishda ozod qilish va amnistiyani qo‘llash orqali jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!