Qirg‘iziston sobiq muftiysi Chubak hoji vafot etdi

Qirg‘iziston sobiq muftiysi Chubak hoji vafot etdi

Qirg‘izistonda 2010-2012 yillarda muftiylik qilgan hamda din sohada ko‘p yillar xizmat qilgan Islom ulamolaridan biri Chubak hoji Jalilov pnevmoniyadan vafot etdi.

Endigina 45 yoshga to‘lgan olimning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari nomidan ham yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirildi.

“Qardoshlarimizning ushbu ulkan qayg‘u va yo‘qotishlariga sherik bo‘lgan holda, Alloh taolodan ularga sabr-bardosh tilaymiz. Zero, Qur’oni karimda: «…Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz…» (Baqara, 156) deyilgan” -deyiladi Musulmonlar idorasi ta’ziyasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!