Qirg‘iziston maktablarida haftada ikki marta madhiya ijro etiladi

Qirg‘iziston maktablarida haftada ikki marta madhiya ijro etiladi

Qirg‘iziston maktablarida o‘quv haftasi boshi va oxirida davlat madhiyasi ijro etiladi, deya xabar beradi Kabar. Bu haqda Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev Botkendagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

Ushbu tashabbus o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan. Yig‘ilish ishtirokchilari vazir tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Eslatib o‘tamiz, bu ta’lim va fan vazirligining Botken shahrida o‘tkazilayotgan ilk vazirliklararo yig‘ilishidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!