Putin Rossiya qamoqxonalarining to‘lib ketganligiga e’tibor qaratdi

Putin Rossiya qamoqxonalarining to‘lib ketganligiga e’tibor qaratdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat qamoqxonalarining to‘lib ketish muammolariga e’tibor qaratdi. Bu haqda "daryo" xabar berdi.

Putinning ta’kidlashicha, bitta kamerada o‘nlab kishilarning o‘tirishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir.

Noyabr oyining o‘rtasida Jazoni ijro etish federal xizmati rahbarining o‘rinbosari sobiq polisiya xodimlari uchun mo‘ljallangan axloq tuzatish koloniyalari to‘lib bo‘lganini ma’lum qilgan va yangilarini qurish zarurligini aytgan. Uning fikricha, sudlangan polisiya xodimlari sonining ko‘payib ketishi antikorrupsion tadbirlar bilan bog‘liq.

Jazoni ijro etish federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning 707 ta axloq tuzatish koloniyalarida 571 ming nafar mahbus jazoni o‘tamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!