Putin nega Gruziyaga qarshi chora ko‘rmasligini aytdi

Putin nega Gruziyaga qarshi chora ko‘rmasligini aytdi

Vladimir Putin Gruziyaga nisbatan sanksiyalar kiritilishiga qarshi chiqdi.

"<...> Men buni aynan Gruziya xalqiga hurmat tufayli qilmagan bo‘lardim”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Bundan avval Rossiya parlamentining quyi palatasi cheklovlarni qo‘llash tashabbusi bilan chiqdi. Bunga “Rossiyaga qarshi provokasiya to‘xtamayotgani” sabab bo‘ldi.

Moskva va Tbilisi munosabatlarida murakkab vaziyat kechmoqda. Yaqinda Gruziyada hukumat va Rossiyaga qarshi namoyishlar boshlandi. Bu mamlakatlar o‘rtasida avia qatnovlar to‘xtatilishiga olib keldi.  

Yakshanba kuni Gruziyaning “Rustavi-2” kanali boshlovchisi Georgiy Gabuniya o‘z dasturida Rossiya prezidenti va uning ota-onasini haqorat qilgandi.

Bu nojo‘ya harakat yuzasidan Gruziyada prezident, bosh vazir va TIV mansabdorlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o‘z fikrlarini bildirishdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!