Putin Mirziyoyevga: "Biz nimaga kelishgan bo‘lsak, barchasini bajaramiz"

Putin Mirziyoyevga: "Biz nimaga kelishgan bo‘lsak, barchasini bajaramiz"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishida Rossiya rahbarining tarixga qo‘shgan hissasini oshirib ko‘rsatganini qayd etdi.

Shu bilan birga Rossiya ikki davlat rahbarlari tomonidan davlatlaro aloqalarni rivojlantirish va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash borasidagi barcha kelishuvlarini bajarishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 oktyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda O‘zbekistonni “Rossiya Federasiyasining ulkan yutuqlari quvontirishini, va bu yutuqlar jahon miqyoidagi buyuk davlat arbobi Vladimir Vladimirovich Putinning dono, uzoqni ko‘zlab amalga oshiriladigan va qat’iy siyosati tufayli erishilayotgani”ni qayd etib o‘tgandi.

O‘zbekiston rahbari, shuningdek, “davlatlar o‘rtasida ko‘pqirrali hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mutahkamlashga qaratilgan shaxsiy urinishlari” uchun Putinga minnatdorlik bildirgan edi.

"Tarixga qo‘shgan hissamni bo‘rttirib ko‘rsatdingiz, lekin sizni ishontirmoqchimanki, biz nimaga kelishgan bo‘lsak, barchasini bajaramiz. Ishonchim komil, bu bizning davlatlararo aloqalarimizga foyda keltirao‘di, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlaydi, va shubhasiz, bizning mamlakatlarimiz xalqlari farovonligiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi”, - dedi Putin o‘z chiqishini yakunlar ekan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!