Putin: "Bu mumkin emas"

Putin: "Bu mumkin emas"

Moskvada Qizil maydonda G‘alaba paradi Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning nutqi bilan boshlandi.

Prezident, Ulug‘ vatan urushidagi harbiy qahramonlik qadri yildan yilga oshib borayotganini ta’kidlab o‘tdi. Putin barchani g‘alaba bayrami bilan tabrikladi. Uning aytishicha, bu kun umumiy g‘urur, motam va Vatan himoyachilariga cheksiz minnatdorlik kunidir.

Bugun ularning barchalari ulkan g‘alaba supasidadir. Ular bu g‘alaba uchun qon kechdi, mehnat qildi, insoniylikka zid bo‘lgan sinovlarni boshdan kechirdi va urush jahannamida bukilmas istehqom bo‘lib turdilar , - dedi u.

SSSR va Rossiya tarixida tarixiy jasoratlar namunasi kam emas. Lekin fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba hamisha ayro o‘rinda turadi.

Dushmanning hududimizga xoinlarcha amalga oshirgan bosqinidan so‘ng yengilishlar, chekinishlar va og‘ir yo‘qotishlar bo‘lgan.

Putin shuningdek, front ortida mehnat qilganlarning jasorati haqida ham eslatib o‘tdi. Ularning mashaqqatli mehnati g‘alaba tarixiga zarhal xarflar bilan bitilgan.

Prezident shuningdek, qator davlatlarda Ulug‘ Vatan urushidagi voqealar atayin buzib ko‘rsatilayotgani, va o‘z ori va g‘ururini unutib, nasizmga xizmat qilganlar bugun kumir darajasiga olib chiqilayotganini aytib o‘tdi. Ular faktlarni buzib ko‘rsatib, o‘z farzandlariga yolg‘on gapirishmoqda va o‘z ajdodlariga xoinlik qilmoqdalar.

Bugun sizlar turli mamlakatlarda hayot kechirmoqdasiz, lekin hammamiz birgalikda amalga oshirgan jasoratni bo‘lib bo‘lmaydi, bu mumkin emas. Sizlar hamisha bizning ardog‘imizda bo‘lasiz, barchamiz uchun yagona bo‘lgan g‘alabani hamisha sharaflaymiz , - dedi Putin.

Prezident shuningdek, o‘z fuqarolarini himoya qilish maqsadida mamlakat mudofaa salohiyatini ta’minlash uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirishini aytdi. RF shuningdek, ekstremizm va terrorizmga ayovsiz zarba berishga tayyor bo‘lganlar bilan ham hamkorlik qilishga ochiq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!