Prezidentning qaynonasi vafot etdi

Prezidentning qaynonasi vafot etdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qaynonasi Uzbekbi Asadulloyeva vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Bir necha kun oldin 88 yoshli Uzbekbi Asadulloyeva koronavirus alomatlari bilan Dushanbedagi Gastroenterologiya instituti huzuridagi Mansurov klinikasiga yotqizilgandi.

Asadulloyeva - mamlakatning birinchi xonimi Azizamox Asadulloyevaning va "Oriyenbank" raisi Hasan Asadullozodaning onasi.

Avvalroq, prezidentning qaynonasi bir necha kun o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparati ostida o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan edi.

Uzbekbi Asadulloyeva Xatlon viloyatining Jaloliddin Balxiy (sobiq Kolxozobod) hududida yashagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!