Prezidentga mamlakat hududidan topilgan og‘irligi 2492 karat bo‘lgan olmos ko‘rsatildi

Prezidentga mamlakat hududidan topilgan og‘irligi 2492 karat bo‘lgan olmos ko‘rsatildi

Botsvana prezidenti Mokvetsi Masiga mamlakat hududidan topilgan og‘irligi 2492 karat bo‘lgan olmos ko‘rsatildi va mineralni qo‘liga olgan davlat rahbari uning o‘lchamidan hayratda qoldi.

Oldinroq Kanadaning Lucara Diamond kompaniyasi Botsvanadagi Karowe konida 2492 karatli olmos topilganini xabar qilgandi.

Qimmatbaho tosh yirik olmoslarni aniqlash va qayta tiklash imkonini beruvchi maxsus rentgen texnologiyasi yordamida qazib olindi.

Bu tarixda topilgan eng katta olmoslardan biridir. Rekord 1905 yilda Janubiy Afrikada topilgan «Kulinnan» (Afrika yulduzi) toshiga tegishli. Uning og‘irligi 3106,75 karat edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!