Prezident «Singapur iqtisodiy mo‘jizasi»ga qiziqib qoldi

Prezident «Singapur iqtisodiy mo‘jizasi»ga qiziqib qoldi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov rasmiy tashrif bilan Singapur davlatiga tashrif buyurgan. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» nashri yozmoqda.

Berdimuhammedov u yerda Singapurning yirik biznesmenlari bilan ham uchrashgan.

«Biz Singapurni qisqa vaqt ichida jahonning yetakchi davlatlaridan biriga aylantirgan iqtisodiy mo‘jizasi haqida ko‘p eshitganmiz», – deya ta’kidlab o‘tgan Turkmaniston rahbari uchrashuvda. Va shuningdek, o‘z mamlakatidagi islohotlar haqida ham gapirib o‘tgan.

Turkmaniston Singapur bilan energetika, kimyo, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalarda aloqalarni kuchaytirish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!