Prezident: "Mening portretimni xonalarga osmang, men prezidentman, ma’bud emas!"

Prezident: "Mening portretimni xonalarga osmang, men prezidentman, ma’bud emas!"

Vladimir Zelenskiy rasman Ukraina Prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi. E’tiborlisi, qasamyoddan so‘ng u xalqqa qisqa-qisqa tezislar shaklida murojaat qildi:

Biz 65 millionmiz. Hammangiz bizga keraksiz. Siz Ukrainaga mehmon bo‘lish uchun emas, o‘z uyingizga borishingiz kerak. Chet ellardan bizga suvenir olib kelmang, tajriba va qadriyatlarni olib keling.

Ukrainaliklar urushlarda o‘lib ketmasligi uchun men hamma narsaga tayyorman.

Men endi tushunib yetdim: har birimiz aslida prezidentmiz. Menga ovoz bergan 73 % aholi emas, balki 100 % barcha fuqarolar prezident.

Xalqining Ukraina uchun jon taslim qilayotganiga indamay ko‘z yumib turgan hukumati bor davlatda hech qachon kuchli armiya bo‘lmaydi.

Xonalarda mening portretimni osmasligingizni so‘rayman, chunki men ma’bud emas, prezidentman. Undan ko‘ra farzandlaringizni fotosuratlarini osib qo‘ying, biror qaror qabul qilishdan avval ularning ko‘zlariga qarang.

⚡️Ayni daqiqalarda Zelenskiy Oliy Radani tarqatib yubordi.

⚡️Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari, armiya generali Vasiliy Grisak, Ukraina Bosh prokurori Yuriy Lusenko va Tashqi ishlar vaziri Pavel Kimkin lavozimidan ozod etildi.

⚡️Ukraina Mudofaa vaziri Stepan Poltorak iste’fo berdi.

? Qasamyod qabul qilish tantanali marosimida Latviya, Litva, Estoniya, Gruziya, Vengriya davlat rahbarlari ishtirok etdi. AQSh delegasiyasiga Energetika vaziri Rik Perri boshchilik qildi. Shuningdek, Ukrainaning barcha prezidentlari (Viktor Yanukovichdan tashqari) marosimda qatnashdi. Rossiyadan birorta vakil taklif etilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!