Poroshenko Ukrainadan qochib ketmoqchi

Poroshenko Ukrainadan qochib ketmoqchi

Ayrim OAVlarda Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatdan qochib ketmoqchi ekani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Masalan, «Elisa Journal»ning yozishicha, Poroshenkoning partiyasi past reyting sabab Radaga o‘ta olmaydi. Shu sababli unga markazi London yoki Bryusselda joylashadigan xalqaro tashkilot tuzib, uning rahbari sifatida o‘sha yerga ketishni maslahat berishmoqda.

«Shunday qilib, u mamlakatdan qochib ketgandek emas, uning manfaatlarini himoya qiluvchi vakildek ko‘rinadi»,-deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2014-2019 yillarda Ukrainaning beshinchi prezidenti bo‘lgan Poroshenko 2014 yil avvalgi prezident Viktor Yanukovichning ketishi va mamlakatdagi boshboshdoqliklar fonida davlat rahbariga aylangan edi. Joriy yildagi saylovlarda yutqazgach, unga qarshi birin-ketin 3 ta ish ochildi. 

Poroshenkoning o‘zi esa yirik kapitalga ega tadbirkor va mashhur «Roshen» qandolatchilik kompaniyasi egasi sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!