Pentagon rahbari koronavirusdan tuzaldi

Pentagon rahbari koronavirusdan tuzaldi

Avvalroq koronavirus tashxisi qo‘yilgan AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning COVID-19 ga topshirgan navbatdagi testi manfiy chiqdi. U 10 yanvardan ishga qaytadi, deya ma’lum qilgan Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi "Twitter"da.

«Mudofaa vaziri bugun COVID-testidan manfiy natija bilan o‘tgani va ertaga o‘z kabinetiga qaytayotganini mamnuniyat bilan e’lon qilaman. U virus ta’sirini yumshatishda vaksinalarning ahamiyatini qadrlaydi»— deb yozgan Pentagon vakili 9 yanvar kuni.

Kirbining ta’kidlashicha, 68 yoshli Ostin mutaxassislarning tavsiyalariga amal qilishda davom etadi. 6 yanvar kuni Ostinning o‘zi avval koronavirusga qarshi emlangani tufayli unda kasallik ancha yengilroq shaklda o‘tayotganini aytgan.

Lloyd Ostinda 2 yanvar kuni koronavirus aniqlangan edi. Shu bilan birga, u Mudofaa vaziri vakolatlarini boshqa birovga o‘tkazmagani va «imkon qadar» virtual formatdagi muhim tadbirlarda ishtirok etish niyatidaligini bildirgan. Yuzma-yuz uchrashuvlarda uning o‘rniga vaqtincha AQSh Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ketlin Xiks vakillik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!