Payariqda qarindoshining qaromog‘idagi 16 yoshli qizga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinyapti(mi)?

Payariqda qarindoshining qaromog‘idagi 16 yoshli qizga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinyapti(mi)?

2024 yilning 23 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan «Bu shafqatsiz kim o‘zi?» nomli murojaat yuzasidan Payariq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining munosabat berildi.

Payariq tumani, G‘oyib ota mahallasi, «Sadaf» ko‘chasi, 28-uyda yashovchi 01.10.2009 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan U. A. M. Payariq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 78-umumta’lim maktabning 7V-sinfda ta’lim oladi.
Voyaga yetmagan A.U.ning onasi U. M. K. 19.05.2022 yildagi notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida Payariq tumani, G‘oyib ota mahallasi, «Sadaf» ko‘chasi, 28-uyda yashovchi qarindoshi D. M. N.ning qaramog‘iga tashlab, o‘zi Birlashga Arab Amirligining Dubay shahriga chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan, voyaga yetmagan A.U. bilan u yashab kelayotgan xonadonda tuman prokuraturasi, tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi, Milliy gvardiya va mahalla faollari ishtirokida suhbat o‘tkazildi.
Voyaga yetmagan A.U.ning so‘zlariga ko‘ra, u joriy yilning 17 aprel kuni qarindoshi M.D.ning voyaga yetmagan farzandi J.SH.SH.qizi bilan birga koptok o‘ynagan vaqtida u bilan o‘zaro tortishib qolishi natijasida ikkala qo‘l bilak va tirsak sohalariga tan jarohati yetkazilgan.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabardagi ma’lumotda ko‘rsatilgan voyaga yetmagan A.U. tumandagi 78-sonli umumta’lim maktabi direktori L.D.ning xonadonida yashab kelayotganligi haqidagi vaji o‘z tasdig‘ini topmadi.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!