Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritgan sportchimiz tantanali kutib olindi

Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritgan sportchimiz tantanali kutib olindi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 19-21-may kunlari Shveysariyaning Lyusern shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon lisenzion turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada M1X klassida 2000 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda oltin medal va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisenziyani qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Muhayyo Abdusattorova bugun yurtimizga qaytib keldi.

Nufuzli musobaqada muvaffaqiyat qozongan para sportchimiz Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan tantanali kutib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!