Ostonada KXSHT sessiyasi ish boshladi

Ostonada KXSHT sessiyasi ish boshladi

Ostona shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Unda  Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov,Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi va KXSHT bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Valeriy Semerikov ishtirok etmoqda.  

KXSHT saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kengash ishtirokchilari tashkilot faoliyati hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishadi.

Xabar qilinishicha, qator masalalar davlatlar rahbarlarining tor doiradagi muzokaralarida muhokama qilinadi. Ayrim masalalar esa tashqi ishlar va mudofaa vazirlari, xavfsizlik kengashlari kotiblari hamda tashkilot bosh kotibi vazifasini bajaruvchi ishtirokidagi plenar yig‘ilishda ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy UshakovKXSHT yetakchilari tor doirada tashkilotning yangi bosh kotibini saylash masalasini muhokama qilishlarini bildirgandi.

Shuningdek, Rossiya davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin O‘zbekiston Oliy Majlisi senati raisi Nig‘matillo Yo‘ldoshevga O‘zbekiston KXSHT parlament assambleyasi yig‘ilishlarida kuzatuvchi davlat sifatida qatnashishi mumkinligi haqidagi taklif bilan chiqqani xabar qilingandi. 

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!