Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTHda 1 nafar odam vafot etgan

Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTHda 1 nafar odam vafot etgan

Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot.

Joriy yilning 04 mart kuni soat 21:00 larda Olmazor tumani Jarariq ko‘chasi 11-uy qarshisida (voyaga yetmagan) haydovchi 2008 yilda tug‘ilgan Q.S. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasi, 1984 yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 2 rusumli avtomashinasi hamda 2000 yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Nexia rusumli avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Shuningdek Spark rusumli avtomashinasining haydovchisi va 1 nafar 2009 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi tan jarojat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!