OAV: Bayden 2024 yilgi saylovda ham ishtirok etmoqchi

OAV: Bayden 2024 yilgi saylovda ham ishtirok etmoqchi

AQSh prezidentining reytingi tobora pasayib borayotgan bo‘lsa-da, Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovda qatnashmoqchi deb xabar bermoqda Zamon.uz nashri.

Ta’kidlanishicha, oq uy matbuot kotibi Jen Psaki AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanish niyatida ekanini tasdiqlagan.

"Uning ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yish niyati bor", dedi Psaki Baydenning navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagi haqida so‘ragan jurnalistlarga.

Shuningdek, matbuot kotibi bir qator Amerika ommaviy axborot vositalarining so‘nggi kunlardagi mavzusiga aylangan masalaga oydinlik kiritgani aytiladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etish istagini o‘tgan yilgi inaugurasiya marosimi paytida e’lon qilgandi:

"Men ikkinchi muddatga nomzodimni qo‘yishni rejalashtirmoqdaman. Men buni kutaman", — degan edi Bayden.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!