Novosibirskda YTH. 7 nafar hamyurtimiz jarohat oldi

Novosibirskda YTH. 7 nafar hamyurtimiz jarohat oldi

18 avgust kuni Novosibirsk viloyatida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida bir kishi vafot etdi, haydovchi va mikroavtobusning 8 ta yo‘lovchisi, jumladan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi. Barcha jarohatlanganlar Novosibirsk viloyati Karasuk shahar markaziy tuman kasalxonasiga joylashtirildi. Hozirda tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatdi.

«Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Buryatiya Respublikasi, Irkusk viloyati, Baykal orti o‘lkasi, Kemerovo viloyati, Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk viloyati, Novosibirsk shahri, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Hakasiya Respublikasi) hududida fuqarolarimiz zarur holatlarda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!