Norvegiya Rossiya va Xitoyni josusligida aybladi

 Norvegiya Rossiya va Xitoyni josusligida aybladi

Rossiya va Xitoy Norvegiyaning neft sohasi to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini yig‘moqda, deb xabar berdi Norvegiya polisiya xavfsizlik xizmati (PST).

Bu haqda “Dagens Nearingsliv” gazetasi polisiya xavfsizlik xizmati hisobotiga asoslanib xabar berdi.

“PST”ning ma’lum qilishicha, xorijiy razvedka xizmatlarining asosiy maqsadlari davlat va xususiy kompaniyalar, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi texnologik jamoalar, shuningdek, Norvegiya rasmiy bo‘limlari bo‘lib, hujjatda aytilishicha, neft sektorida ishlaydigan yoki u bilan aloqador bo‘lgan odamlar ma’lumot manbai sifatida jalb qilingan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, Norvegiya polisiyasining xavfsizlik xizmati mamlakatning Rossiya va Xitoydan tashqari neft sohasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini boshqa mamlakatlar ham to‘playdi degan xulosaga kelgan.

Shu bilan birga, Rossiyaning Oslodagi elchixonasi ushbu bayonotlar yangilik emasligini ta’kidlab, ularni ko‘p yillar davomida davom etib kelayotgan "ibtidoiy" tashviqot deb atagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!