Noodatiy ravishda yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

Noodatiy ravishda yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

Bojxona organlari tomonidan qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurashlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti orqali xorijdan uchib kelgan fuqaro o‘zining xatti-harakatlari bilan bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida, ushbu fuqaro belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan, jami og‘irligi 73.49 gramm, qiymati 73,3 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘zining ichki a’zosiga yashirgan holda bojxona nazoratini chetlab olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida ko‘rib chiqilib, sud qaroriga asosan yashirincha olib o‘tishga mo‘ljallangan tilla taqinchoqlar davlat egaligiga o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!