Nishonga urilgan gaplar: “Rohat – seni eshitadigan emas, balki seni tushunadigan kishi bilan suhbat qilishingdir”

Nishonga urilgan gaplar: “Rohat – seni eshitadigan emas, balki seni tushunadigan kishi bilan suhbat qilishingdir”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.

 

Sahobalarning muhabbatlari

Makkaliklar qo‘lida asir bo‘lib turgan Zayd ibn Dasina roziyallohu anhuni Makka ahli o‘ldirish uchun Haramdan tashqariga chiqarayotganlarida Abu Sufyon ibn Harb hali mushrik edi. U Zayd roziyallohu anhuga dedi: «Ey Zayd, agar Muhammad hozir sening o‘rningda asir bo‘lsa-yu, biz uning bo‘yniga qilich ursak, sen esa oilang bag‘rida bo‘lishni istaysanmi?»

Zayd roziyallohu anhu: «Allohga qasamki, Muhammad alayhissalomga hozirgi turgan joyida bir tikan kirib aziyat berishini, men esa oilam bag‘rida bo‘lishimni aslo istamayman».

Shunda Abu Sufyon: «Men Muhammadning sahobalari uni yaxshi ko‘rishganidek boshqa hech kim birovni yaxshi ko‘rganini ko‘rmadim», dedi.

*****

Agar osmondan hurriyat yomg‘ir kabi yoqqanda ham ba’zi kimsalarning soyabon tutib olganini ko‘rasan.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Rohat – seni eshitadigan emas, balki seni tushunadigan kishi bilan suhbat qilishingdir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Ko‘rlar davlatida ko‘zi g‘ilay kishi podshoh bo‘ladi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

“Afsus, uzr so‘rayman” degan so‘z nafsni xorlash, yerga urish emas, balki bu kimnidir ketishini istamayotganingni o‘sha kishining o‘zi ham bilishi uchun aytiladigan so‘zlardir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Biror kishi senga yomonlik qilsa, unga unikidan ham kuchliroq javob qaytarishga urinma, balki unikidan afzalroq javob qaytarishga urin. Chunki axloq ajoyib narsa-da!

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Dengizdan ko‘tarilgan bug‘ yomg‘ir bo‘lib yoqqanida daryolar hosil bo‘ladi. Keyin ular o‘z suvini yana dengizga quyadi. Sen ham odamlarga yaxshilik qil. Bir kuni yana o‘zingga qaytadi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

 

Internet materiallaridan to‘plab,

tarjima qiluvchi Nozimjon Iminjonov

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!