Niqobda sport bilan shug‘ullanishning zarari ma’lum bo‘ldi

Niqobda sport bilan shug‘ullanishning zarari ma’lum bo‘ldi

Doimiy ravishda niqob taqib yurish, ayniqsa, sport bilan shug‘ullanish kerak emas, deydi Pirogovsk markazi pulmonologi Olga Bogush.

 “Ish joyida niqobda o‘tirish yoki hech kim bo‘lmasa ham ko‘chada yurish noto‘g‘ri. Vaholanki, o‘pkalarni "shamollatib" turish kerak. Bundan tashqari, ko‘plar niqobni noto‘g‘ri ishlatishadi - og‘izlarini yopishsa, burunlari ochiq qoladi, keyin nimadir ushlagan qo‘llari bilan o‘sha ochiq burunni yopishga harakat qilishadi”, dedi shifokor.

Uning fikricha, bu zararli - niqob ustiga turli xil infeksiyalarning patogenlari joylashadi. Shu tarzda o‘pka bilan turli xastaliklar, xususan, bronxial astma kuchayishi mumkin.

“Niqobda sport bilan shug‘ullanishga kelsak, bu ham juda zararli. Chunki niqobda bo‘lgan odam o‘sha chiqayotgan havoni qayta-qayta yutadi", deydi Bogush.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!