Navoiyda ikki bolali ayolning hayoti saqlab qolindi

Navoiyda ikki bolali ayolning hayoti saqlab qolindi

Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro ikki bolali ayolning hayotini  saqlab qolishda yordam so‘rab Oliy Majlis Senatiga murojaat qilgan edi.

Ushbu holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi. O‘rganishlar davomida chindan ham Navoiyda istiqomat qiluvchi 1987 yilda tug‘ilgan M.Boboqulova og‘ir xastalikni boshidan kechirayotgani va kasallikni davolash uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarur ekanligi, ammo yetarli mablag‘i bo‘lmaganligi sababli ushbu jarrohlik amaliyoti 2 yildan buyon o‘tkazilmayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Senat nazorati ostida Navoiy viloyati hokimligi tomonidan ushbu ayolni davolash, zaruriy muolaja va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan 44 million so‘m pul mablag‘i to‘lab berilishi ta’minlandi. Ayni vaqtda ayol Toshkent shahridagi shifoxonada tibbiy xizmatdan bepul foydalanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!