Navbatdagi bekat — «Maymunchechak». U qanday kasallik?

Navbatdagi bekat — «Maymunchechak». U qanday kasallik?

E’tibor berilsa, keyingi vaqtlardagi epidemiyalarning aksariyati virus tabiatli: Parranda grippi, cho‘chqa virusi, EBOLA, SARS, SARS-Cov-2, Maymunchechak... Hammasi VIRUS.

Viruslarning genomi (irsiy materiali) eng sodda tuzilgan. Sodda tushuntirsak, o‘lik va tirik materiya o‘rtasidagi hayot shakli. Na tirik, na o‘lik. Hujayraga kirgandan so‘nggina hayoti boshlanadi - «tiriladi».

Eng sodda genomga egaligi sabab osonlik bilan o‘zgartirish qilish mumkin.

Molekulyar biologiyada "minimal genom" degan narsa bor, ya’ni, yashash uchun kerak bo‘lgan minimal sondagi genlarni bir tizimga jamlash mumkin. Bu borada e’lon qilingan ko‘plab ilmiy maqolalarni scholar.google'dan topishingiz mumkin.

Cho‘chqa virusini olaylik. Odam va qushlarda uchraydigan gripp virusining rekombinasiyalashuvi (o‘zaro «chatishishi») deya olimlar xulosa berishgandi. Ming yillar davomida bir-birini «tanimagan» bu viruslar nega endi XX asr oxirida birlashib qoldi?

Yoki, o‘sha mashhur koronavirusni (SARS-Cov-2) olaylik. Nega birdan XXI asrda o‘zini eslatib qoldi? Xitoyliklar XXI asrgacha ko‘rshapalak yemaganmi?

Xullas, bundan keyingi yangi «tahrir»dagi genomli viruslar sabab epidemiyalar yuzaga kelishi katta ehtimol. Biri bilan xayrlashsang ikkinchisi eshik qoqib turaveradi.

Tabiiy genomli viruslarni inson organizmi «taniydi». Yangilarini "taniy olmayapti", masala shunda.

Bu safargisi ham avvalgi «silsila»ning davomidir, yana kim biladi deysiz. Yana scholar.google'ni bir varaqlang, viruslar ustida dunyoda ish qizg‘in, butun boshli laboratoriyalar ishlayapti. Aynan ko‘rshapalakdagi koronavirus (SARS-Cov-2)ning o‘ta og‘ir holatga olib kelishi ham nufuzli jurnalda e’lon qilinganini eslatib qo‘ymoqchiman, xolos.

Qizig‘i, ushbu jurnal bu maqolaga quyidagicha izoh ham yozgandi:

"Editors’ note, March 2020: We are aware that this article is being used as the basis for unverified theories that the novel coronavirus causing COVID-19 was engineered. There is no evidence that this is true; scientists believe that an animal is the most likely source of the coronavirus."

Tasodiflar tasodif bo‘lmasa kerak, yana Xudo biladi.

Baxtiyor Abdug‘afur


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!