NASA o‘zga sayyora texnologiyalarini izlaydi

NASA o‘zga sayyora texnologiyalarini izlaydi

NASA mutaxassislari o‘zga sayyorlardagi sivilizasiyalar texnologiyalarining belgilarini izlash bilan shug‘ullanadi. Ularga lazer nurlanishi, astromuhandislik qurilmalari, kuchli ifloslangan yoki yoritilgan atmosferalar, shuningdek, yo‘ldoshlar kiradi. Bu haqda agentlik saytida xabar berilgan.

2018 yilning aprel oyida AQSh Kongressi o‘zga sayyora sivilizasiyalarining mavjudligi haqida guvohlik beruvchi signallarni izlashga qiziqish bildirgan. NASA 26—28 sentyabrda o‘zga sivilizasiya belgilarini izlash muammolari bo‘yicha seminar o‘tkazgan. Olimlar tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlarini, shuningdek, shaxsiy va xayriya tashkilotlari bilan ehtimoliy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, qiziqishning oshishiga sabab 2015 yilda Tabbi yulduzi yorug‘ligining o‘zgarishi kuzatilgani hisoblanadi. Yulduz yorug‘ligining nodavriy pasayishi uning atrofida ko‘plab ob’ektlar mavjudligini ko‘rsatgan. Buni izohlovchi ko‘plab nazariyalar taklif qilingan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!