Naqshbandiya ulamolari O‘zbekiston bo‘ylab safar qilmoqda

Naqshbandiya ulamolari O‘zbekiston bo‘ylab safar qilmoqda

Shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “Naqshbandiya sayyohlik festivali”da ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga butun dunyodan so‘fiylar jamlanishgan, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

"Malayziya, Bangladesh, Xitoy, Fransiya va boshqa davlatlardan kelgan 200 ga yaqin Naqshbandiya tariqatining ulamolari  Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasidagi Usmon Mushafi, Buxorodagi Yetti Pir majmuasi, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmualarini ziyorat qilmoqdalar”, - deyilgan xabarda. 

Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti mutaxassislari mehmonlarga amaliy ko‘mak bermoqda, deyilgan xabarda.

Malayziyadan joylashgan “Jahon so‘fiylari markazi” ushbu mamlakatda joylashgan O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda 7-12 noyabr kunlari O‘zbekistonda “Naqshbandiya sayyohlik festivali” tashkil qilayotgani haqida oldin xabar bergan edik.  

Eslatib o‘tamiz, Naqshbandiya – bu so‘fiylar tariqati (birodarligi) bo‘lib, u dinda kamtarinlikni, maxfiy zikr va ilohiy muhabbatni targ‘ib qiladi. Tariqatga 14 asrda Buxoroda yashagan Muhammad Bahovuddin Naqshbandiy nomi berilgan.

Naqshbandiylik ta’limotining asosida "ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘lsin" shiori yotadi. Unga ko‘ra, dilni Alloh bilan bog‘lagan hodda kasbu hunar va qo‘l mehnatini aslo tark yetmaslik kerak. Xayr-ehson hisobiga faqirona yashash emas, o‘z mehnati hisobiga hayot kechirish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!