«Napoli» stadioniga rasman Maradona nomi berildi

«Napoli» stadioniga rasman Maradona nomi berildi

«Napoli» klubining uy stadioni «San-Paolo» rasman jamoaning sobiq futbolchisi Diyego Maradona nomiga o‘zgartirildi.

4 dekabr kungi qaror bilan arenaga marhum Diyego Armando Maradona nomi berildi. Bu haqdagi taklifni Neapol shahri meri Luiji De Majistris va maslahatchisi Alessandra Klemente shahar kengashiga kiritgach, kengashning barcha a’zolari bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lumot uchun, Maradona «Napoli» jamoasida 1984 yildan 1991 yilgacha to‘p surib, ikki karra Italiya chempioni (1986/87, 1989/90), kubok va superkubok g‘olibi hamda UYEFA kubogiga ega chiqqan (1988/89).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!