Namanganlik ayol 2 nafar bolasini ko‘prikdan daryoga tashlamoqchi bo‘ldi

Namanganlik ayol 2 nafar bolasini ko‘prikdan daryoga tashlamoqchi bo‘ldi

Namanganda ikki nafar farzandini Sirdaryo daryosiga tashlamoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatildi, deya xabar qilmoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, 28 mart kuni soat 09:30 larda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 42 yoshli ayol ikki nafar (6 va 3 yoshdagi) farzandlarini daryoga tashlamoqchi bo‘lgan.

Fuqaro A.SH. Mingbuloq tumanidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi ustida joylashgan ko‘prikdan bolalarini suvga tashlamoqchi bo‘lgan vaqtda ushbu hududda xizmat o‘tayotgan Qo‘riqlash boshqarmasi 2-alohida otryad xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

 

Holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB, tuman hokimiyat vakillari va oila a’zolariga xabar berilgan. Hozirda tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!