Namanganda fermerning o‘g‘li hokimiyatdagi yig‘ilishdan uyiga yomon kayfiyatda kelgan va birozdan so‘ng o‘zini osgan

Namanganda fermerning o‘g‘li hokimiyatdagi yig‘ilishdan uyiga yomon kayfiyatda kelgan va birozdan so‘ng o‘zini osgan

Yaqinda Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi Qo‘qimboy mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan 23 yoshli Shokirjon Abdumannonov hovlisidagi molxonasida o‘z joniga qasd qilgani haqida shumxabar tarqalgandi. Kuni kecha esa Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Bahrin mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan Muhammad Tursunov fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiy ponida o‘z joniga qasd qilgani aytildi. Hozircha har ikki holatda ham yigitlar ning nima uchun o‘z joniga qasd qilgani ma’lum emas.

O‘zbekiston Respubli kasi Bosh prokuratu rasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yili voyaga yetma ganlar o‘rtasida 153 ta o‘z joniga qasd qilish holati qayd etilgan. Xo‘sh, endigina hayot osto nasiga qadam qo‘yib ke layotgan o‘smirlarni bu mudhish ishga qo‘l urishga undayotgan sabab nimada? Bunga Mahalladosh nashri oydinlik kiritdi.

Shokirjonning ota si Shuhrat Mo‘minov Shohida, Shohsanam, Na siba fermer xo‘jali gi rahbari, onasi Shah noza Sharipova esa ham shira. Muloqotlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni marhum yigit tu man hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda otasi ning o‘rnida qatnashadi. Yig‘ilishda qarzdorli gi bor fermer xo‘jaliklari qarzini qoplama sa ( Shohida, Shohsanam, Nasiba fermer xo‘ja ligining 247 milli on so‘m qarzi bo‘lgan) uy-joyi musodara qilini shi haqida gap boradi. Shokirjon uyga yig‘la gan holda keladi va 20 daqiqa ichida shu ishni sodir etadi.

Guldek bir yigit ning o‘z joniga qasd qi lishi bizlarga ham og‘ir zarba bo‘ldi, dey di Qo‘qimboy mahal la fuqarolar yig‘ini ning xotin-qizlar bi lan ishlash va oilalar da ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi Turg‘unoy Matmu rodova. Marhum Sho kirjon Abdumannonov sobiq o‘quvchim edi. U mak tabda barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qib, sinfdoshlariga o‘rnak bo‘lgan. Paxta mavsumida o‘zim shaxsan Shokirjon larning dalasida bo‘lgan man. Qarzdorlik faqat ularda emas, boshqa fer merlarda ham bor edi. Sho kirjon nega bu ishni so dir etganini haligacha tushunolmayapman.

Voqea sababini o‘rga nish maqsadida ushbu xo nadonda bo‘lib, marhum ning ota-onasi bilan suhbatlashgan Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Kosonsoy tumani rahbari Vasila Tojiboyevaning ta’kid lashicha, Shokirjon yaxshi ko‘rgan qiziga unashtirilgan, ammo iqtiso diy muammolar sabab, to‘y ortga surilib kela yotgan ekan. Yoshlar nikoh dan o‘tish uchun FHDYoga ariza berishib, shu yil ning 21 mart kuniga to‘y ham belgilangandi.

14 yanvar kuni o‘z jo niga qasd qilgan Muham mad Tursunovning tog‘a lari esa uning vos- vos kasaliga uchragan degan taxminni bildi rishmoqda. Yig‘in pro filaktika inspektori Umidjon Haydarovning aytishicha, Muhammad ning ota-onasi yoshli gida ajralishgan. Tog‘a lari unga va onasiga yashashlari uchun barcha sharoitlarni yaratib be rishgan. Marhum onasi bilan birgalikda novvoyxonada ishlagan.

Janjalkash, bir-birlari bilan kelishol maydigan oila-a’zolari ni aniqlab, muammolar ni bartaraf etish yo‘l larini izlaymiz, ammo hech qanday sababsiz o‘z joniga qasd qilish ho latlari yuz berganda biz ham ojiz qolamiz, deydi U.Haydarov. Muhammad ham hech kimga ozori tegmagan, atrofdagilardan tazyiq ko‘r magan edi.

Bu borada psixologlar fikri qanday?

O‘z joniga qasd qi lish holati ko‘pincha noqobil oilalarda kuza tiladi, deydi tib biy psixolog Dilfuza Ismoilxo‘jayeva. Biz bolalar bilan ishlash dan oldin ota-onalar bi lan ham ko‘proq ish olib borishimiz zarur. Sababi, ayrim ota-onalar far zandiga nisbatan agres siv, jahldorlik kayfi yatida muomala qilisha di. Ular bolalarining faqat xatolarini ko‘ra di. Shu bois har qanday savoli yoki iltimosiga rad javobini berisha di. Ota-onasidan faqat rad javobini eshitgan, taqiq olgan bolada esa jahldorlik kayfiyati shakllanadi. Misol uchun, o‘g‘lingiz yoki qizingiz qimmatbaxo telefon olib bering, deb shart qo‘ysa darrov muammo larni ro‘kach qilmasdan, bosiqlik, yumshoqlik bi lan bolaning ko‘ziga ter mulib, uning qo‘llarini kaftlaringiz orasiga olib, vaziyatni tushun tirsangiz bola ham sha roitga moslashadi. Ay taylik, uyda iqtisodiy yetishmovchilik bo‘lsa buni bolaga vaqtincha lik holat ekanini, erta ga hammasi izga tushib ketishini tushuntirish zarur. Aksincha, ota-ona baqir-chaqir qilib, mu ammoni kattalashti rib ko‘rsatsa bolada qo‘rquv hissi paydo bo‘la di. Bu esa o‘ziga ishon maslik, irodasizlikni keltirib chiqaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Samarqand viloyatida 91 kishi o‘z joniga qasd qilgan. Pastdarg‘om va Urgut tu manlarida bu holat tez- tez uchrayotgani barcha ni tashvishga solmoqda.

Bugun o‘z joniga qasd qilishga juda ko‘p omil lar sabab qilib ko‘rsa tilmoqda. Bu sabablar orasida bizni e’tibo rimizdan chetda bo‘l gan, ammo yoshlarni bi lib-bilmay o‘z joniga qasd qilishga undayotgan film yoki badiiy asar lar ham yo‘q emas. Masa lan, yoshlar sevib tomo sha qiladigan Telba filmida bosh qahra mon sevgi sabab o‘zini baland binodan tashlab yuboradi. Doira fil mida ona obrazidagi qahramon o‘zini osmoqchi bo‘ladi, Qorako‘z da esa otasining so‘zini qay tarolmagan, ya’ni ikki farzandi bor erkakka turmushga chiqishni is tamagan bosh qahramon o‘zini anhorga tashlay di. Afg‘on filmi da o‘g‘lining o‘limiga chi dolmagan ota oshxona shiftiga o‘zini osib qo‘ya di. Yozuvchi yoki rejis syorlar asarlari orqa li o‘z joniga qasd qilish yomon illat ekanini il gari surishga harakat qi lishadi. Ammo bundan har kim har xil xulosa chiqarishini hech o‘ylab ko‘rganmizmi?

Xulosa qilib ayt ganda, bag‘rimizda ulg‘a yayotgan o‘g‘il-qizlari mizning hayotning har bir lahzasini chiroyli va xotirjam o‘tkazishi ko‘p jihatdan biz, katta larga bog‘liq. Ularning bo‘sh vaqtlaridan unum li foydalanib, musiqa, sport to‘garaklariga oshno qilsak, fikru xa yollari yomon o‘ylar bi lan chalg‘imasligi aniq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!