Namanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi

Namanganda Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi

Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘ntaga ko‘paygan. Qazishma ishlarida nodir kitobdan tashqari XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari ham topilgan.

Namanganda noyob qilichlar va Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘ntaga ortgan.

Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan xolatda saqlangan. U qattiq po‘latdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Dunyo po‘lat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumshoq va qattiq po‘lati mashhur. Uning yaratilishi esa hozirgacha sir.

Ikkinchi qilich esa XIV asrga oid bo‘lib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan.

Topilgan Baqtriya tangasi 475-600 yillarga, Xitoy tangasi esa XIX asrga oid. Uchta nodir kitob ilm-ma’rifatga, falsafa va tarixga oid bo‘lib, ularda noyob ilm bitilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!