Musulmonlar idorasi vakili: «Qora Malibu» sotildi

Musulmonlar idorasi vakili: «Qora Malibu» sotildi

«Vaqf» xayriya fondi rahbarining birinchi o‘rinbosari Zohid To‘rayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fond tomonidan olib borilayotgan xayriya ishlari haqida muntazam xabar berib boradi.

"Azon.uz"ning yozishicha, kuni kecha e’lon qilingan navbatdagi postga yozilgan sharhlarda o‘z vaqtida aholining noroziligiga sabab bo‘lgan «Qora Malibu» masalasi ko‘tarilgan. Bunga javoban fond rasmiysi «Malibu» to‘g‘risida idora rahbariyati (O‘zbekiston Musulmonlari idorasi – tahr.) tomonidan qaror qabul qilingani (tahr.: avtomobilning sotuvi nazarda tutilgan), tushgan pul yaxshi maqsadlarda sarflanishini ma’lum qilgan

Sharhlarda, shuningdek, Musulmonlar idorasi xodimlar bo‘limi boshlig‘i Erdon Esanov ham ishtirok etib, «Malibu» sotilganini tasdiqladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim mudiri Komiljon Burhonov bilan bog‘langanimizda "Bu masaladan xabari yo‘q"ligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!