Musulmon olimlari dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar: Oqshamsiddinning ulkan kashfiyoti – mikroblar

Musulmon olimlari dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar: Oqshamsiddinning ulkan kashfiyoti – mikroblar

Oqshamsiddin (1389-1459) eng avvalo Istanbul fotihi Sulton Mehmet II ning ma’naviy ustozi sifatida bilinadi. Lekin u ko‘p qirrali olim ham edi. U mikroblar haqida jiddiy fikr yurita boshlagan italiyalik vrach Jirolamo yuz yil avval mikroblarni tavsiflab bergan.

To‘liq ismi Muhammad Shamsiddin ibn Hamza bo‘lgan olim Shomda tavallud topgan. Soch-soqoli oq bo‘lgani uchun uni Oqshamsiddin deb atashgan.

U diniy bilimlar bilan bir qatorda tibbiyot, astronomiya, biologiya va matematikani ham o‘rgandi. Oqshamsiddin bemorlarga tashxis qo‘yar va ular uchun dorini o‘zi tayyorlar edi. Uning tib ilmiga bag‘ishlangan “Maddatur hayot” asari usmoniylar saltanatidagi tibbiyot maktablarida darslik sifatida ishlatilgan.

Oqshamsiddin o‘sha paytda minglab odamlarning o‘limiga sababchi bo‘lgan yuqumli kasalliklarni tadqiq etgan. U kasallik odamdan odamga “ko‘zga ko‘rinmaydigan urug‘lar” orqali o‘tadi degan xulosaga kelgan. Olim “Maddatul hayot” asarida shunday yozgan edi:

“Kasalliklar har bir insonda alohida vujudga keladi deb o‘ylash xatodir. Kasalliklar bir odamdan boshqasiga juda kichik, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin tirik urug‘lar orqali o‘tadi… Turli xil kasalliklar borligidan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘simliklar va hayvonlar singari ularning ularning o‘z urug‘i va mohiyati bor…”

Shu tariqa mikroblarni tavsiflar ekan, Oqshamsiddin kasalliklarni ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda organizmlar keltirib chiqarishini ta’kidlaydi.

Oqshamsiddin paytida hali mikroskop kashf qilinmagan edi. To‘rt yuz yil keyin fransuz kimyogari va biologi Lui Paster mikroskopdan va boshqa texnika yutuqlaridan foydalangan holda mikroblar aniqlash uchun tajribalar o‘tkazdi.

azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!